So’nggi yangiliklar

14:47UFC Fight Night 293 турнирининг бонуc cоҳиблари маълум 0 14:16Порье Махачевнинг жангдан бош тортгани ҳақида: "Менимча, у ҳеч кимдан қўрқмайди" 0 13:44"850 000 дан ортиқ овоз". Топурия UFC’даги кейинги рақиби ҳақида сўровнома эълон қилди 0 13:13Месси МЛС тарихида қаторасига икки мавсум тўпурар бўлган илк футболчига айланди 0 12:42"У иштонини ҳўллаб қўяди". Фьюри — Жошуа билан бўлажак жанги ҳақида 0 12:11Дональд Трамп Дана Уайт, Махачев ва Нурмагомедовга Оқ уйда ишлашни таклиф қилди 0 11:40Шара Буллетнинг жанги расман тасдиқланди + ПОСТЕР 0 11:09“Насаф” аёллар жамоаси Осиё Чемпионлар лигаси 1/4 финалига чиқди 0 10:38Умматалиев ғалаба қозонган оқшомнинг асосий жанги WBC камари учун кечди 0 10:07UFC Vegas 124: Қирғиз жангчиси 12-ғалабасини қўлга киритди 0 09:36Оғир вазнлилар иштирокидаги UFC Fight Night 293 турнирининг асосий жангида нокаут! 0 09:05Туркия Суперлигаси. "Башакшеҳир" меҳмонда камбэк эвазига ғалабага эришди + ВИДЕО 0 08:34Диёра Келдиёрованинг қайси мусобақада қатнашиши маълум бўлди 0 08:03Қозоғистон Олимпиада-2028 учун илк лицензиясини қўлга киритди 0 07:32Синдаров ва Гукеш матчида вақт назорати маълум бўлди 0

09 okt 07:47
Yangiliklar

Boks/MMA

"U Ali, Tayson, Lyuis va Klichko bilan birga tarixda qoladi"

Tayson Fyuri o'tmishdagi og'ir vaznli eng yaxshi bokschilar bilan bir tarixda qoladi.

Og'ir vazn toifasida WVC chempioni Tayson Fyuri boks afsonalari Muhammad Ali, Mayk Tayson, Lennoks Lyuis va Vladimir Klichko bilan birga tarixda qoladi. Uning murabbiyi SHugar Xill Styuard bunga ishonadi.

"O'ylaymanki, Fyuri Lyuis, Klichko, Ali, Tayson va boshqa barcha og'ir vazn toifasidagi bokschilarga xos xususiyatlarga ega. Unda barcha xususiyatlar hamda psixologik chidamlilik bor", - dedi Styuard Daily Mail nashriga bergan intervyusida. - Tayson - maxsus bokschi va u boks tarixida alohida o'rin tutadi".

Fyuri va Styuard hamkorlikni 2019 yilda Deontey Uaylderga qarshi ikkinchi jang oldidan boshlagandilar. Fyuri nafaqat tajribali bokschi, balki xavfli zarba beruvchi ham edi. Va endi Fyuri, murabbiyning so'zlariga ko'ra, 9 oktyabrda bo'lib o'tadigan Uaylderga qarshi uchinchi jangida bundan ham ko'prog'ini ko'rsatishga tayyor.

"Agar Tayson bizga ertaroq kelganida, (u 25 yoshida edi), u ancha oldinroq kuchli zarba bergan bo'lardi", - dedi Styuard. - Lekin u allaqachon ajoyib mavqega ega. Biz unda borlaridan biron narsa chiqarmaymiz. Biz boshqa narsalarni sinab ko'ramiz, ularni iloji boricha samarali o'rganamiz va qo'llaymiz. Uaylder bilan ikkinchi jang oldidan u tezda ko'p narsani o'rgandi", - deya qo'shimcha qildi murabbiy. - Mening vazifam - Tayson Fyurining eng yaxshi versiyasiga erishish. Biz bu jangni sabrsizlik bilan kutmoqdamiz, chunki u nihoyat ringga ko'tarilib, jamoatchilik bilmagan mahorat va istedodlarini namoyish qila oladi", - dedi murabbiy.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing