28 apr 12:50
Yangiliklar
Boks/MMA

"U menga Xabibni eslatyapti". Sonnen - Fyurining ketishi haqida
UFC sobiq jangchisi CHeyl Sonnen engilmas bokschi Tayson Fyurining faoliyatini yakunlash qarori haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Menimcha, Tayson Fyuri endi ketdi. Lekin shuni aytishim mumkinki — kambekka qaraganda jiddiyroq jang yo'q va bo'lmaydi ham. Musobaqaning birinchi raqamli jangi ham, chempionlik jangi ham bunday emas hatto. Eng katta janglar aynan kambek bo'ladigan janglardir. Lekin bunday jang tashkil etish uchun avval ketish kerak.
Biroq uning ketishi, va aslida nafaqat bu, balki boshqa jihatlar bilan ham Fyuri menga Xabibni eslatdi. Bazilar shunchaki o'z gapini to'g'ri deb hisoblaydi, shunday emasmi? Ular har doim aytgan gaplari uchun javobgardir. Lekin har kim o'z fikrini o'zgartirishga haqli. Xabib qaytishi mumkin, uni yolg'onchi deb atamaslik kerak", - dedi Sonnen.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar