06 apr 08:49
Yangiliklar
"U meni darajamdagilar bilan jang qilmagan". Golovkin Murataga baho berdi
— Ryota Murata bilan jangda sizni nima havotirga solmoqda? U o'z yurtida jang qilishi sizga tasir o'tkazadimi? Mezbonlik faktori katta rol o'ynaydimi?
— Avvalgi jangida buni boshdan kechirmagandi, u mening darajamdagilar bilan jang qilmagan va mening qanday jang qilishimni ham bilmaydi. Lekin men uning g'alabasini kamsitib, raqiblari haqida yomon gapirmoqchi emasman. Qolaversa, revansh janglarida u mag'lubiyatlari uchun "qasos" oldi, bu ko'p narsadan darak beradi. Intervyusida u men bilan jang faoliyatining cho'qqisi bo'lishini aytdi, shu bois, bu jangga juda jiddiy yondashgani kundek ravshan. SHuningdek, biz bir-birimizni shaxsan taniymiz, biz u bilan mashg'ulot lagerida sparring tushganmiz.
Malumot uchun, Golovkin - Murata jangi 9 aprel kuni Saitama (Yaponiya) shahrida bo'lib o'tadi.
Fikrlar