20 jan 15:34
Yangiliklar
"U xatto ovqat ham eya olmadi!". Carukyanning murabbiyi jarohat haqida malumot berdi
U aynan shu jarohat sabab Maxachev bilan jangdan chiqqandi.
"Armanning beli o'tgan hafta seshanbadan boshlab og'riy boshlagandi. Ammo bu qadar yomon emasdi. Tana juda sezuvchan holatga kelgani sabab bu paydo bo'lgan ko'rinadi. U ikki kun dam oldi va barchasi joyiga tushgandi. Jang haftasi boshlanganida barchasi ajoyib ketayotgandi, og'riq bor edi, lekin Arman barchasini uddalayotgandi. Unda jang qilmaslik fikri xech qachon bo'lmagan.
CHorshanba kungi mashg'ulotlardan keyin esa u og'riqdan shikoyat qila boshladi. Bu yigit xech qachon bunday qilmasdi. Lekin u haliyam jang qilishni istardi. Biz vazn haydashda davom etdik, ammo barchasi yomonlashdi.
UFC bosh shifokori Xanter Kempbell va shifokor Devison oldimizga kelib, jangni bekor qilish haqida o'ylay boshlashdi. Arman o'rnidan ham tura olmaganini hisobga olsak, jangga chiqmaslik - to'g'ri qaror edi. U hatto ovqat ham eya olmadi. Og'riq sababli shunchaki o'z joyida yotardi", - dedi murabbiy DaMatta.
Fikrlar