04 mar 10:57
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/29664_220.jpg)
Uaylder engilmas Ortisni nokautga uchratdi va 40-g'alabasiga erishdi
Hozirgina AQSHning Bruklin shahrida professional boks kechasi bo'lib o'tdi.
Oqshomning markaziy jangi superog'ir vazn toifasida WBC chempioni amerikalik Deontey Uaylder hamda kubalik davogar va shu bilan birga engilmas bokschi Luis Ortis o'rtasida o'tkazildi.
Raqibidan 12 kilogrammga engil bo'lgan Uaylder (97,4 kg) 12 raundga mo'ljallangan jangning 10-raundida Ortis (109,4 kg)ni texnik nokautga uchratdi. Referi muvozanatini butkul yo'qotgan Ortisni ayab jangni to'xtatdi. Bu Deonteyning 40-g'alabasi edi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar