06 fev 14:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Uaylder Fyuri bilan revansh haqida: Bu nokautli g'alaba bo'ladi
Superog'ir vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni Denotey Uaylder Tayson Fyuriga qarshi jang qanday yakunlanishini aytib o'tdi.
"Avval aytganimdek, jang nokaut bilan yakunlanadi. Boshqacha bo'lishi mumkin emas.
Eslab qoling, mening zargarona zarbamdan so'ng Fyuri qaytib turmaydi. U taxta kabi yiqiladi va o'zi ham bu haqida biladi", - dedi Uaylder.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar