So’nggi yangiliklar

12:36IV Ёшлар Олимпиадаси. Бугун боксчиларимиз финал учун рингга кўтарилади. Жуфтликларнинг бирида ўзбек-қозоқ қарама-қаршилигига гувоҳ бўламиз 0 12:05Кукурелья Гюлер ҳақида: "У ёш болага ўхшайди, лекин унинг ўйини ҳайратланарли" 0 11:34UFC 334 турнирининг асосий янгилиги Нурмагомедов бўлиши мумкин 0 11:03Тўртта вазнда UFC рейтинги янгиланди 0 10:32Лос-Анжелес-2028: енгил атлетика бўйича саралаш тартиби ва меъёрлари тасдиқланди 0 10:22Ёшлар Олимпиадасидаги медалларимиз сони яна биттага кўпайди 0 10:01"Арсенал" "Реал"га Субимендининг нархини эълон қилди 0 09:30Юнон-рум кураши. Ўзбекистон чемпионатининг биринчи куни 5 та вазнда ғолиблар аниқланди 0 08:59Икки боксчимиз Ёшлар Олимпиадаси медалини нақд қилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:28Волков расм орқали UFC чемпионлиги учун жанг сўради + ФОТО 0 08:03"Манчестер Юнайтед" Почеттинонинг вакиллари билан музокаралар ўтказди 0 07:32Total Chess. Абдусатторовдан "даҳшатли" старт. У фақат Бибисарани хафа қила олди холос 0 07:01Фомин Грециядаги "Челленжер"ни илк босқичдаёқ тарк этди 0 20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0

21 fev 14:23
Yangiliklar

Boks/MMA

Uaylder - Fyuri. Uslublar qarama-qarshiligi (prevyu)

2018 yilning 1 dekabr kuni Amerika Qo'shma SHtatlarining Kaliforniya shtati Los-Anjeles shahridagi "Staples Center" saroyida superog'ir vazn toifasining eng yirik ikki namoyondasi o'rtasida jang bo'lib o'tgandi.

Jang bahsli durang natijasi bilan tugagandi. O'shanda hakamlarning biri Deontey Uaylder foydasiga 115-111, boshqasi esa Tayson Fyuri foydasiga 114-112, uchinchi hakam esa 113-113 hisobidagi durangni qayd etgandi. Jangdan keyin har ikkala bokschi o'zlarining g'alabasiga hech qanday shubha qilmaganini, biroq durang natijasi ham yomon natija emasligini qayd etishgandi. Xolis nuqtayi nazardan shuni aytish kerakki, bu jangda texnik va taktik tomonlama Tayson Fyuri raqibidan ancha yaxshi harakat qilgandi. Biroq, tanganing boshqa tarafi bor deganidek, 12-raundda Fyurining dahshatli nokdaun holatiga tushganidan keyin referining hisobni ochish holati ham anchagina bahsli holat edi.

Deontey Uaylder va Tayson Fyuri qarama-qarshiligining ikkinchi jangi 22.02.2020 kuni Las-Vegasda tashkil etiladi. Bo'lajak jang oldidan Tayson Fyuri Deontey Uaylderni 2 raund ichida nokaut qilmoqchi ekanligini va jang taqdirini hakamlarning hisob-kitobiga bog'liq bo'lib qolishini istamasligini takidlab o'tgan. Deontey Uaylder esa xuddi oxirgi Luis Ortiz bilan jang kabi asosan raqibni kutishi va kerakli vaziyatdan maksimum darajada foydalanish evaziga raqibini nokaut qilmoqchi ekanligini aytib o'tgan. 


Bo'lajak jang oldidan har ikkala bokschi ham MGM Grand Arena'ga etib kelishdi va jang oldi fikrlarini bildirib o'tishdi.

Deontey Uaylder: Birinchi jangimiz ajoyib bo'lgandi, biroq 2-jangimiz undanda qiziqarliroq bo'ladi. SHanba kuni hammaga boksdagi statusimni yana bir bor ko'rsatib o'tmoqchiman. Men Fyurini nokaut qilaman va buni yorqin tarzda amalga oshiraman. Oldinda bundanda katta janglar meni kutmoqda va bu mening davrim boshlanishi xolos. Ushbu jangni intizorlik bilan kutmoqdaman.

Tayson Fyuri: Vegas mening uyim va chempionlarning poytaxtidir. Uaylderni 2 raund ichida nokaut qilaman. O'tgan jangda hakamlar unga durangni sovg'a qilishgandi. Bu safar unday bo'lmaydi. Ko'pchilik Uaylderni nokaut qilishini yoki meni ochko evaziga g'alaba qozonishimni tahmin qilmoqda. Uaylderni tezda nokaut qilib, faoliyatim davomidagi hali mavjud bo'lmagan WBC kamariga ega chiqmoqchiman. Men bu erga shunchaki g'alaba qozonish uchun emas, balki muddatidan oldin g'alaba qozonish uchun tashrif buyurdim.



Revansh jangi yanada ko'proq qiziqishlarga sabab bo'lmoqda. Bu holat jang nufuzini bir tomondan oshiradi. Boshqa tomondan bokschilarning ringdagi uslublari ham bir-biridan tubdan farq qiladi. Bekorga ham “Uslublar janglarni tashkil qiladi” deyishmaydi odatda.

Boks jamoatchiligi Deontey Uaylderning muddatidan oldingi g'alabasini kutmoqda. Fyurini asosiy muammosi - oldingi murabbiyi Ben Devisonni o'zgartirganligida bo'lsa kerak. Yangi murabbiy bilan darhol natijaga erishish mushkul. Qolgan jabhalarda har qanday holatda ham raqibini qiyin ahvolga solib qo'yishi mumkin.

Xullas, har qanday holatda ham revansh jangidan boks muxlislari yutadi.

Eslatib o'tamiz, jang Toshkent vaqti bilan 23 fevral kuni ertalab o'tkaziladi.

Jasurbek Saidmusaev tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

   
21 fev 15:28:37
CHELSEA2211
Uzb kanalari olib beradimi kim biladi...
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing