09 iyu 09:07
Yangiliklar
Boks/MMA

"Uaylder Fyurini nokaut qilishi shart"
Amerikalik sobiq bokschi Antonio Tarver 24 iyul kuniga belgilanayotgan Deontey Uaylder va Tayson Fyuri o'rtasidagi jang haqida o'z fikrini bildirdi.
"Bu ajoyib manzara. Uaylder bu jangga erishdi. U Fyurini Joshua bilan emas, o'zi bilan jang qilishga majbur qildi. Fikrimcha, endi Uaylder Fyurini nokaut qilishi shart. Boshqasi muxlislarni qoniqtirmaydi. Hattoki, ochkolar hisobidagi g'alaba ham muxlislarga etarli bo'lmaydi. Sababi, ular baribir Fyuri va Joshua o'rtasidagi jangni ko'rishni xohlashlarini eslashadi", - dedi Tarver.
Eslatib o'tamiz, Deontey Uaylder Sport arbitraj sudida Tayson Fyuri bilan uchinchi jang o'tkazish huquqini qo'lga kiritgandi. Bu orqali Tayson Fyuri va Entoni Joshua o'rtasidagi uzoq kutilgan jang barbod bo'lgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar