13 jan 14:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Uaylder: Ikki ablah birlashgan holda meni yo'q qilmoqchi, lekin...
Superog'ir vazn toifasida WBC kamari sohibi Deontey Uaylder Tayson Fyuri va Entoni Joshua haqida fikr bildirdi.
“Bularga etibor beringlar, ular o'zlarini eng zo'ri deb o'ylamoqda. Lekin eng zo'ri menman. Ikki ablah birlashgan holda meni yo'q qilishmoqchi, lekin bu vaznning haqiqiy qiroliman.
Fyuri va Joshua birgalikda mashg'ulot olib borib, meni mag'lub etadigan rejalar tuzishadi, ammo bularning hech birini foydasi bo'lmaydi”,-dedi Uaylder.
Eslatib o'tamiz, Fyuri va Uaylder jangi 22 fevral kuni bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar