26 iyu 09:55
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/1842_220.jpg)
Uaylder jarrohlik stoliga yotdi, uni yana ikkita operaciya kutmoqda
Professional boksning superog'ir vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni amerikalik 30 yoshli Deontey Uaylder o'ng qo'lini operaciya qildirgan edi.
Kelayotgan payshanba yoki juma kuni chempion yana bir bor jarrohlik stoliga yotadi. Bu hali hammasi emas. Deontey Kris Arreola bilan jangda orttirib olgan jarohatidan operaciya yo'li orqali forig' bo'lishi mumkin.
Demak, bu qisqa muddat ichidagi uchinchi operaciya bo'ladi. Bokschining jamoasi bu ikki operaciyani bir vaqtda o'tkazishga urinmoqda. Uaylder bu jarrohlik amaliyotlaridan so'ng kamida 3-4 oy mashg'ulot o'tkaza olmaydi. Bu esa uning joriy yil hisobidan boshqa jang o'tkazmasligini anglatmoqda.
Havola :
Fikrlar