29 iyu 07:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Uaylder: Joshua revanshda ham Ruisga yutqazadi
WBC yo'nalishi bo'yicha jahon chempioni Deontey Uaylderning fikricha, Entoni Joshua revanshda Endi Ruisga mag'lub bo'ladi.
"Bu Entoni uchun yakun bo'ladi. U revanshda yutqazsa ketsa kerak. U nima uchun yutqazganini biladi deb o'ylamayman. Uni to'rt marotaba joyiga tushirib qo'yishdi. Joshua taslim bo'ldi deb hisoblayman.
Endi uchun xursand bo'ldim. Omadli chipta oramizdan unga nasib qildi.
U shunday dedi: "Oyi, endi biz kurashishimiz shart emas". Uning ushbu so'zlari menga tasir qildi. Biz barchamiz oilamizni taminlashga harakat qilamiz, yaxshi hayotni izlaymiz", - dedi Uaylder.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar