23 dek 18:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Uaylder Joshuaga ultimatum qo'ydi
Superog'ir vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni Deontey Uaylder WBA Super, IBF va IBO chempioni Entoni Joshuaga shart qo'ydi.
Uaylder britaniyalik hamkasbidan birlashtiruvchi chempionlik jangiga rozilik berish so'rayapti.
“Agar Joshua bu talabni qondirmasa, chempionlik kamarlarini jangsiz topshirsin. Yutqazgan taqdirda ham Entoni bu jangdan mo'maygina pul ishlab oladi.
Haqiqiy chempion menman. Aynan men bugungi superog'ir vazn toifasidagi chempionlar orasida eng uzoq muddat chempion bo'lib turgan bokschiman”, - dedi amerikalik engilmas jahon chempioni.
Havola :
Fikrlar