17 noy 14:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Uaylder: "Men Joshuaning faoliyatiga nuqta qo'yaman"
Superog'ir vazn toifasining WBC yo'nalishida jahon chempioni hisoblangan Deontey Uaylder Entoni Joshuaga qarshi jang qilish istagi kuchli ekanligini namoyish etmoqda.
"Joshua, kel shu jangni tashkil qilamiz. Bu boks tarixida barcha davrlarning eng kuchli janglaridan biri bo'ladi. Biz rekord o'rnatib, tarixga kirishimiz mumkin.
Seni bilmadimu, men bunga tayyorman. Sen jangga rozilik berishing kerak. Bu oson. Sen kuchsiz raqibga qarshi jang qilishga doimo tayyorsan va buning ortidan millionlar ishlab topasan. Men sening faoliyatinga nuqta qo'yaman", - deydi Uaylder.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar