16 iyu 09:09
Yangiliklar
Boks/MMA

Uaylder to'rtinchi himoya jangini Arreolaga qarshi o'tkazadi
Professional boksning superog'ir vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni amerikalik Deontey Uaylder o'zining to'rtinchi himoya jangini sobiq ikki karra jahon chempioni Kris Arreolaga (36(31)-4(2)-1) qarshi o'tkazadi.
Arreola uchinchi marotaba jahon chempioni bo'lish uchun urinib ko'radi. Uaylder – Arreola jangi 16 iyul kuni AQSHning Alabama shtati Birmingem shahridagi Legacy arenasida bo'lib o'tadi. Bu joy Uaylderning tug'ilib o'sgan shahri Tuskaluzaga juda ham yaqin.
Havola :
Fikrlar