25 iyu 13:53
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/77957_220.jpg)
Uaylder: Uaytni rasmiy davogar bo'lgani bilan tabriklayman, lekin...
Super og'ir vazn toifasida WBC kamari sohibi Deontey Uaylder Dillian Uaytni WBC Regular kamari sohibi bo'lgani bilan tabrikladi.
“Nihoyat rasmiy davogar bo'lgani bilan tabriklayman. Yig'loqi qizlarga o'xshab 600 kundan beri bu kuni kutganini aytdi. Ablah, sen men bilan oldin ham jang qilishing mumkin edi. Senga to'rt marta bunday imkoniyatni taqdim etdim. Endi nimani istaysan? Uaytning jamoasi jangga imkon bermagan deb meni aybdor qilishmoqchi. Lekin Dillian rasmiy davogar bo'lganidan xursandman. Bo'lajak jangimizni intizorlik bilan kutaman. Uaytni ham xuddi Brizilning qismati kutmoqda. U ringda shunchaki yakson bo'ladi”,-dedi WBC kamari sohibi.
Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar