31 iyu 16:53
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/78775_220.jpg)
Uaylder: Yaqin orada mutlaq jahon chempioni bo'laman
Super og'ir vazn toifasida WBC kamari sohibi Deontey Uaylder yaqin oradagi rejalari bilan o'rtoqlashdi.
"Dastlab Luis Ortisga qarshi jang qilaman, uni yakson qilganimdan so'ng qariya Taysonni adabini berib qo'yaman. Yaqin orada mutlaq jahon chempioni bo'laman. Kamarlarim meni kutish bilan band. Tez orada ular haqiqiy egalarida bo'lishadi",-dedi Deontey.
Eslatib o'tamiz, Uaylder kuz faslida Luis Ortisga qarshi revansh jangida ishtirok etishi lozim.
Havola :
Manba : Boxing News 24
Fikrlar