23 may 14:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Uaylderdan keyin Fyuri ham jang shartnomasiga imzo chekdi
Superog'ir vazn toifasida trilogiyaning o'tkazilishi rasman tasdiqlandi.
WBC chempioni Tayson Fyuri ushbu kamarning sobiq sohibi Deontey Uaylderga qarshi o'tkaziladigan uchinchi jang shartnomasiga o'z imzosini qo'ydi. Bu haqidagi video Top Rank promouterlik kompaniyasining YouTube kanaliga joylashtirildi.
Britaniyalik chempion shartnoma imzolab bo'lgach, odatiga ko'ra raqib ustidan kuldi va xurmacha qiliqlar qildi. Avvalroq Deontey Uaylder ham jang shartnomasiga o'z imzosini qo'ygan edi. Trilogiyaning 24 iyul kuni Las-Vegas shahrida o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar