17 avg 14:41
Yangiliklar
Boks/MMA

“Uaylderga bo'lgan hurmatim - 0“
Superog'ir vazn toifasida vaqtinchalik WBC kamari sohibi Dillian Uayt sobiq chempion Deontey Uaylder haqida fikr bildirdi.
“U haqiqatdan ham juda kuchli, Deontey istalgan raqibini bitta zarba bilan nokaut qilishi mumkin. Lekin unga bo'lgan hurmatim nol! U sababli chempionlik jangim doim ortga surildi. Uaylder doim menga qarshi himoya jangidan qochib keldi”, - dedi Dillian.
Eslatib o'tamiz, Uayt navbatdagi jangini 22 avgust kuni rossiyalik Aleksandr Povetkinga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar