28 jan 11:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Uaylderning kichik ukasini nokaut evaziga mag'lub etishdi
AQSHning Nyu-York shahrida professional boks kechasi o'tkazildi.
Ushbu boks kechasida superog'ir vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni amerikalik Deontey Uaylderning kichik ukasi Marsellos Uaylder ham ringga ko'tarildi. 29 yoshli Marsellos birinchi og'ir vazn toifasida o'z janglarini o'tkazib kelyapti.
Faoliyatidagi to'rtinchi jangida u Uilyams Dits (6-12, 3 KO) bilan to'qnash keldi. Jangda katta ustunlikka ega bo'lgan Marsellos to'rtinchi raundda kutilmagan zarba o'tkazib yubordi va texnik nokaut evaziga faoliyatidagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
Havola :
Fikrlar