18 iyu 08:40
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/1431_220.jpg)
Uaylderning qo'li sindi va endi u bu yil boshqa jang qila olmaydi
Professional boksning superog'ir vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni Deontey Uaylder jarrohlik stoliga yotishi kerak.
Amerikalik 30 yoshli bokschi shanba oqshomida xamyurti Kris Arreoladan chempionlik kamarini himoya qilgandi. Aynan shu jangda Uaylder qo'lidan jarohat olgani aytilmoqda.
Malumotlarga ko'ra, Deonteyning qo'li singan va u endi jarrohlik stoliga yotishga mabur bo'ladi. Agar jarohat jiddiy bo'lsa, Uaylder bu yil hisobidan boshqa jang o'tkaza olmaydi.
Havola :
Fikrlar