24 fev 16:17
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/206928_220.jpg)
Uayt Fyuri bilan jang haqida: "Qaerda jang qilmoqchi, qachon jang qilmoqchi, menga baribir"
Britaniyalik bokschi WBC kamari sohibi bilan bo'lajak jang haqida gapirdi.
WBC chempionlik kamariga majburiy davogar Dillian Uayt ushbu kamar egasi Tayson Fyuri bilan jang uchun shartnomaga qo'l qo'yganini izohladi.
"Qaerda jang qilmoqchi, qachon jang qilmoqchi, menga baribir.
Fyuri bilan jang qilish uchun uzoq vaqt harakat qildim. U bilan jang qilish uchun har doim tayyor bo'lganman. U bilan hozirning o'zida chempionlik uchun jang qilishni xohlayman", - bokschining so'zlarini keltiradi Sky Sports.
Avvalroq, Fyuri-Uayt jangi 23 aprel sanasida "Uembli"da bo'lib o'tishi xabar qilingan edi.
Havola :
Manba : BoxingNews 24
Fikrlar