25 fev 12:16
Yangiliklar

"Uayt Fyurini nokautga uchrata oladi"
Britaniyalik promouter Eddi Xirn og'ir vazn toifasida WBC chempioni Tayson Fyuri va majburiy davogar Dillian Uayt o'rtasidagi bo'lajak jang haqida gapirdi. Menejerning so'zlariga ko'ra, Uaytda "Lo'lilar qiroli"ni mag'lub etish va jahon chempioni bo'lish uchun barcha imkoniyat bor.
"Men Dillianning jahon chempioni bo'lishini istayman. Buni chin dildan aytyapman. Menimcha, Uayt Tayson Fyurini nokautga uchrata oladi. Bu juda qiyin jang bo'ladi.
Albatta, Fyuri ajoyib og'ir vaznli bokschi. Ammo, Dillian ko'chadan kelgan yigit emasligini tushunishingiz kerak. Agar bu uchrashuvda Fyuri bir soniyaga bo'lsa ham qo'lini tushirsa, Dillian uni nokautga uchratadi. Keling, hammasini to'qnashuvda bilib olaylik", - dedi Xirn Matchroom Boxing nashriga bergan intervyusida.
Fikrlar