14 avg 16:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Uayt - Povetkin jangi g'olibi kamarga ega bo'ladi
22 avgust kuni Buyuk Britaniyada taniqli promouter Eddi Xirnga tegishli "Janglar bog'i"da professional boks kechasi o'tkaziladi.
Boks oqshomining markaziy jangi og'ir vazn toifasida o'tkaziladi va unda vaqtinchalik WBC chempionlik kamari sohibi, Tayson Fyuriga tegishli asosiy kamarga rasmiy davogar, britaniyalik Dillian Uayt rossiyalik Aleksandr Povetkinga qarshi ringga ko'tariladi. Ushbu jang g'olibi WBC Diamond kamarini qo'lga kiritadi.
"Dekabr oyida o'tkazilishi rejalashtirilayotgan Uaylder - Fyuri jangining ertasiga biz navbatdagi chempionlik jangi muhokamasini boshlaymiz, — dedi WBC prezidenti Maurisio Suleyman. — Uaylder - Fyuri jangi g'olibi Uaytga qarshi ringga chiqishga majbur bo'ladi. Buning uchun Dillianning o'zi ham 22 avgust kuni Povetkinni mag'lub etishi lozim".
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar