19 iyu 21:00
Yangiliklar
Boks/MMA

Uayt - Rivas: Bokschilar o'zaro ko'z urishtirishdi + FOTO
Ertaga Buyuk Britaniyaning London shahridagi O2 Arenada professional boks kechasi bo'lib o'tadi.
Taniqli promouter Eddi Xirn tomonidan tashkil etilayotgan boks oqshomining markaziy jangi superog'ir vazn toifasida o'tkaziladi. Unda britaniyalik Dillian Uayt kolumbiyalik Oskar Rivasga qarshi ringga ko'tariladi.
Ertangi jang oldidan bokschilar ananaga ko'ra o'zaro ko'z urishtirish marosimida yuzma-yuz kelishdi. Jang g'olibi vaqtinchalik WBC chempionlik kamarini qo'lga kiritadi. Hozirda amerikalik Deontey Uaylder ushbu yo'nalishda to'laqonli jahon chempioni hisoblanadi.
Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar