08 fev 16:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Uayt: "Toni Fergyuson chempionlik jangiga loyiq"
UFC prezidenti Dana Uayt diskvalifikaciyadan so'ng Xabib Nurmagomedov bilan gaplashmaganligi haqida gapirib o'tdi.
"Xabib do'stlari qaytmaguncha jang qilmasligini ayibdi. Men bu haqida Xabibdan emas, matbuotdan bildim. Biz gaplashib olamiz va keyin nima bo'lishini ko'ramiz.
Toni Fergyuson albatta chempionlik jangiga arziydi. U birinchi raqamli davogar va Xabibga qarshi jang qiladi", - dedi Uayt.
Eslatib o'tamiz, Xabibning diskvalifikaciya muddati iyul oyida yakunlanadi. Ammo, u ukasi Abubakar va do'sti Zubayra Tuxugovning diskvalifikaciya muddati yakunlanmagunicha jang qilmasligini aytgan. Ularning chetlatish muddati oktyabr oyida nihoyasiga etadi.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar