16 iyu 14:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Uayt: Uaylder - chiqindi, Fyuri uni yana mag'lub etadi
Superog'ir vazn toifasida WBC kamariga asosiy davogar Dillian Uayt yana bir bor Deontey Uaylderni haqorat qildi.
“Fyuri va Uaylder men bilan jang qilmaslik uchun barcha ishni qilmoqda. Ularning revansh jangida ko'pchilik Fyurining g'alabasini kutmoqda. Tayson jang davomida yana bir bor nokdaun holatiga tushadi, lekin bundan Deontey foydalanib qolishi aniq emas.
Baribir Uaylder - chiqindi, Fyuri uni yana mag'lub etadi. Menga farqi yo'q, har ikkisiga ham qarshi jang qilishga tayyorman”, - dedi Uayt.
Havola :
Fikrlar