26 apr 15:25
Yangiliklar
Boks/MMA

Uaytning aytishicha, Fyuri taqiqlangan zarba bergan
Britaniyalik bokschi Dillian Uayt Tayson Fyurini tanqid qildi.
"Fyurining zarbasi meni muvozanatdan chiqardi, ammo men tiklanishga harakat qildim. U esa meni itarib yubordi. Buning natijasida men boshim bilan kanvasga yiqildim. Bu qoidaga zid edi. Bu kurash emas, boks. Menga tiklanish uchun ko'proq vaqt berishlari, keyin esa jangni davom ettirishimiz kerak edi.
Tayson faoliyatini tugatayotganini aytmoqda. Ammo umid qilamanki, bunday bo'lmaydi. Men revansh istayman", - dedi Uayt.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar