So’nggi yangiliklar

17:20Нурсултон Рўзибоевга мағлуб бўлган рус жангчисига янги рақиб берилди (ПОСТЕР) 0 16:43Расман: Диёр Имомхўжаев яна 4 йил ПФЛни бошқаради 0 16:14Мурат Гассиевнинг Баходир Жалолов билан жанг бўйича позицияси маълум бўлди 0 15:45Икки нафар ёш курашчимиз жаҳон чемпионатида совриндор бўлишди 0 15:18Қозоғистон ўзбекистонлик ММА жангчисини халқаро қидирувга берди 0 14:532026/27 йилги мавсумда дунёнинг энг қиммат 10 та футбол клуби номи маълум қилинди 0 14:19Энтони Жошуа - Тайсон Фьюри жанги қаерда ва қачон ўтказилиши айтилди 0 13:42Шон О`Мэлли танаффус олди: "Бир муддат кутиб тураман" 0 13:13Хамзат Чимаев UFC`га мурожаат қилди: "Нимани кутяпмиз?" 0 12:41"Ал Ҳилол" Англия терма жамоаси аъзосига 45 миллион фунт таклиф қилди 0 12:18Жо Роган Махачевга Йен Гэрри билан бўлган жангдан сўнг маслаҳат берди 0 11:43Кормье Нурмагомедовга: "Вақтни беҳуда сарфлашни бас қил" 0 11:17Пара академик эшкак эшувчиларимиз Жаҳон чемпионатида иштирок этади 0 10:46ESPN талқинига кўра дунёнинг энг яхши ҳужумкор ярим ҳимоячиси аниқланди. Беллингем – 2, Шерки – 4, Мактоминей – 8-ўринда! 0 10:20Махачевнинг мураббийи: "Ислам Хабибдан ўзиб кетди" 0

15 mar 15:05
Yangiliklar

Boks/MMA, Tadbirlar

Uch avlod uchrashuvidan FOTOREPORTAJ

Teglar :  BoksAhmadaliev
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev huzurida 2019 yil 23 avgust kuni o'tkazilgan yig'ilishda umumtalim maktablarini otaliqqa olish, ularni hududdagi “Eng namunali maktab”ga aylantirish kabi masalalar bo'yicha bir qator topshiriqlar berilgan edi.

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi tomonidan poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 234-sonli umumtalim maktabida o'quvchilar uchun qulay sharoitlar yaratish, aholi, shu jumladan, yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilish bo'yicha bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Kecha mazkur maktab yoshlari Rio-2016 Olimpiya o'yinlari bronza medali sovrindori, professional boksda WBA va IBF yo'nalishlari bo'yicha jahon chempioni, “O'zbekiston iftixori” faxriy unvoni sohibi Murodjon Ahmadaliev bilan uchrashish sharafiga muyassar bo'lishdi. Yoshlar bilan o'tkazilgan ushbu uchrashuvda O'zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Komiljon Xudoyberganov, sport faxriysi Erkin Karimov ham ishtirok etdi.

Sport faxriylari tomonidan maktabda olinadigan bilimlarning katta hayotda ne chog'lik as qotishi, uning jamiyat hayotidagi tutgan o'rni, shuningdek, yoshlikdan sportga oshno tutingan insonning kelajakda barkamol avlod bo'lib etishishi borasida so'zlab berildi.

Uchrashuv davomida Murodjon Ahmadaliev ham yosh o'quvchilarga o'zining boksga kirib kelishi, sport bilan shug'ullanish uchun yurtimizda barcha sharoitlarning yaratib berilgani, yuksak g'alabalarga erishish uchun faqatgina tinimsiz mehnat qilish kerakligi haqida gapirib berdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing