29 okt 11:00
Yangiliklar
Boks/MMA

Uch bokschimiz Rossiyaning kuchli promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi + FOTO
O'zbekistonlik uch nafar professional bokschi endi o'z faoliyatini Rossiyaning eng oldi promouterlik kompaniyasi bayrog'i ostida davom ettiradi.
Aniqrog'i, Ravshanbek Umirzoqov (61 kg), Mirzohid Abdullaev (90 kg) hamda yosh bokschimiz Qobiljon Xosilov (63.5 kg) German Titovga tegishli RCC Boxing promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolashdi.
Bu kompaniya bugungi kunda Rossiyadagi eng ko'zga ko'ringan boks tashkiloti hisoblanadi. O'z vaqtida jahon chempionlik kamarini qo'lga kiritgan Ruslan Provodnikov, Dmitriy Pirog singari bokschilar ushbu kompaniya mijozlari hisoblanishadi.
SHu kunlarda bokschilarimiz tajribali murabbiy Nabijon Ismanov qo'l ostida Ekaterinburg shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazishyapti.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar