26 fev 11:23
Yangiliklar

Uch jangchi qisqa muddatda Jastin Getjiga qarshi oktagonga chiqishga tayyor
Yangi Zelandiyalik aralash yakkakurash ustasining o'rnini qisqa muddatda egallashga tayyor uch jangchi o'z xizmatini taklif qildi. Ular bu haqda o'zlarining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida xabar qoldirishdi.
Rafael Fiziev: "Kel, yana takrorlaymiz, Jastin!"
Mateush Gamrot: "Huker safdan chiqdi, men jangga tayyorman. Ikki hafta men uchun muammo emas!"
Renato Moykano: "Ikki hafta – bu yaxshi! Bu ikki-uchta yaxshi sparring mashg'ulotlarini o'tkazish uchun etarli muddat. Agar qo'ng'iroq qilishsa, men tayyor bo'laman"
Avvalroq, Den Huker sparring mashg'uloti chog'ida qo'lini sindirib olgani va shu sababdan 9 mart tonggida jang o'tkaza olmasligini tasdiqlagan edi. Jastin Getji - Den Huker jangi Las-Vegasda o'tadigan UFC 313 turnirining co main-event jangi edi.
Fikrlar