So’nggi yangiliklar

19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0

11 sen 08:56
Yangiliklar

Dzyudo

Uch karra Olimpiya o'yinlari sovrindori Rishod Sobirovni tabriklaymiz!

Bugun O'zbekiston sporti tarixidan joy olgan, Olimpiya o'yinlarining uch karra bronza medali sovrindori, ikki karra jahon chempioni, Osiyo chempioni, "O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi", "O'zbekiston iftixori" faxriy unvoni, "El-yurt hurmati" ordeni sohibi Rishod Sobirov o'z tavallud kunini nishonlayapti.

Rishod Sobirov 1986 yil 11 sentyabr kuni Buxoro viloyatining Jondor tumani, Burbog'i qishlog'ida tug'ilgan. Dzyudo bilan 11 yoshida Rustam To'raev qo'l ostida shug'ullanishni boshlagan. Murabbiyi Andrey SHturbabin. U ilk xalqaro miqyosdagi sovrinini 2006 yilda qo'lga kiritgan. O'shanda Rishod Xitoy Taypeyida bo'lib o'tgan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida birinchi o'rinni egallagan. 

2008 yilda Pekinda bo'lib o'tgan Olimpiya o'yinlarida -60 kg vazn toifasida bronza medali sohibiga aylangan. 2010 yilda Tokiodagi jahon chempionatida g'oliblikni qo'lga kiritdi. Oradan bir yil o'tib, Parijdagi jahon chempionatida ikki karra jahon chempioniga aylandi. Aynan o'sha yili Xalqaro dzyudo federaciyasi tomonidan dunyoning eng yaxshi dzyudochisi deb topilgan. 2012 yil London, 2016 yilda esa Rio Olimpiadasida yana bronza medallariga ega chiqqan. 

Bugungi kunda poytaxtimizning Sergeli tumani Qo'yliq-5 dahasida joylashgan 277-umumtalim maktabi hududida barcha zamon talablariga javob beruvchi Rishod Sobirov nomidagi dzyudo maktabi faoliyat yuritmoqda. 

Saytimiz ijodkorlari va o'quvchilari nomidan Rishod Sobirovni bugungi unutilmas kun munosabati bilan chin qalbdan muborakbod etamiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing