22 iyu 15:00
Yangiliklar
Boks/MMA

Uch marta bekor qilingan chempionlik jangining yangi sanasi malum
Yarim o'rta vazn toifasida WBC va WBO kamarlari sohibi Xose Ramires hamda sobiq WBO chempioni Viktor Postol o'rtasidagi jangning yangi sanasi malum qilindi.
Uzoq kutilgan chempionlik jangi 29 avgust kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida tashkil etiladi. To'qnashuv kechaning markaziy jangi bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, bokschilar o'rtasidagi jang pandemiya sababli uch marta bekor qilingan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar