10 may 19:59
Yangiliklar
Uch nafar hakamimiz Qozog'istondagi IJF seminarida ishtirok etyapti + FOTO
Unda Qozog'iston, O'zbekiston, Qirg'iziston, Turkmaniston, Mo'g'uliston, Quvayt, Gonkong, Saudiya Arabistoni, Eron, Xitoy Taypeyi, Yaponiya, Germaniya, AQSH, Italiya, Ozarbayjon kabi davlatlardan jami 70 nafar referi ishtirok etyapti. Ular orasida uch nafar hamyurtimiz - Dilfuza Rahmatova, Ozod To'raev va Zokir Sobirov ham bor.
Ushbu seminarni IJF Bosh referi direktori, hamyurtimiz Armen Bagdasarov, IJF sport direktori Daniel Laskau, Hakamlar qo'mitasi kotibi Xyurliya Paskaule, Qozog'iston dzyudo federaciyasi prezidenti vazifasini bajaruvchi Askat Jitkeevlar o'tkazishyapti.
15 mayga qadar davom etadigan seminar qatnashchilari yakunda imtixon topshirishadi va ularga hakamlikning A xalqaro toifasi darajasi beriladi.
Fikrlar