15 dek 07:53
Yangiliklar
Boks/MMA
"Uchinchi variantim bo'lishing mumkin". Rahmonov Bakliga javob qaytardi
UFC’ning yarim o'rta vazn toifasidagi reytingda uchinchi o'rinda turuvchi qozog'istonlik SHavkat Rahmonov amerikalik Xoakin Baklining chaqirig'iga javob berdi.
"Sen hayollar olamida yashayapsan. Men senga vaqt sarflaguncha, seni kaltaklagan sportchi bilan jang qilganim maqul, bolakay. Ko'p gapiradigan bola, sen mening uchinchi variantim bo'lishing mumkin", - deb yozdi SHavkat Rahmonov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Rahmonov seni kaltaklagan deganda Kamaru Usmanni nazarda tutgan ko'rinadi. Aynan Kamaru so'nggi jangida Baklini mag'lubiyatga uchratgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar