08 avg 11:58
Yangiliklar
Boks/MMA

Uchta vaznda sobiq jahon chempioni koronavirusga chalindi, u Bektemir bilan bir kunda jang qilishi lozim
Uchta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Xorxe Linaresda koronavirus infekciyasi tasdiqlandi.
Etiborli jihati shundaki, u 28 avgust kuniga belgilangan jangiga tayyorgarlik ko'rayotgandi. Buning natijasida Xorxening mashg'uloti to'xtab qoldi.
Linares WBC reytingida birinchi o'rinni egallab turgan Xavera Fortunaga qarshi kechadigan jangga hozirlik ko'rayotgandi. Yaponiyada mashg'ulot o'tkazayotgan 34 yoshli Linares endi kamida 10 kun karantin holatida o'tirishi shart.
Hozircha ushbu jang tashkilotchisi hisoblangan Amerikaning Golden Boy Promotions promouterlik kompaniyasi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirmadi. Jangning qoldirilishi yoki bekor qilinishi bo'yicha hech qanday xabar yo'q.
Havola :
Manba : Teiken Promotions
Fikrlar