So’nggi yangiliklar

19:35"Манчестер Юнайтед" "Рома" юлдузи билан келишувга эришди 0 18:50Рамазон Темиров: "Зарбаларим аниқроқ борганида, Стив бундан ҳам оғирроқ нокаут бўлиши мумкин эди" 0 18:02Тим Цзю Эррол Спенсни мағлуб этиб, рақибини фаолиятини якунлашга мажбур қилди 0 17:20"Ўзбекистонда ҳам чемпион бўлади. Буни биринчи бўлиб, ўзим бажараман" — Рамазон Темиров 0 16:03Ўзбекистон U-20 аёллар терма жамоаси – CAFA чемпиони! 0 15:10Рамазон Темировнинг жангдан кейинги фикрлари қандай бўлди? 0 14:01Парижда кураш бўйича Президент соврини учун мусобақа ўтказилди 0 13:07Махлуқ ролидаги Шоҳжаҳон Эргашев, тепкиланган Одилхон ва бошқалар. Тошкентдаги проф бокс оқшомидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 12:19Суперлига. Бугун Тошкент дербиси бор 0 01:00Ўзбекистонлик жангчилар иштирокидаги Octagon 89 турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 00:31UFC Abu-Dhabi турнирининг бонус эгалари эълон қилинди. Рамазон Темиров рўйхатда борми? 0 00:23Кутганмидингиз?! Шоҳжаҳон Эргашевнинг Марк Урвановга қарши жанги биринчи раунддаёқ ниҳоясига етди 0 00:00Гусков Анкалаевга, Темиров эса Эрцегга қарши жанг қилди! UFC Abu-Dhabi турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 23:54UFC ABU-DHABI. БОГДАН ГУСКОВНИНГ МАГОМЕД АНКАЛАЕВГА ҚАРШИ МАРКАЗИЙ ЖАНГИ БЕШИНЧИ РАУНДДА ЯКУНЛАНДИ! 0 23:01РАМАЗОН ТЕМИРОВ ИШТИРОКИДАГИ CO MAIN EVENT ЖАНГИ БИРИНЧИ РАУНДДА ЯКУНЛАНДИ! 0

06 fev 12:13
Yangiliklar

Kurash

Uchtepadagi 2-BO'SMda yosh polvonlar bellashdi

Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 2-sonli bolalar-o'smirlar sport maktabida belbog'li kurash bo'yicha o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida ochiq birinchilik bellashuvlari bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M. Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning ikkinchi yo'nalishi - yoshlarni jismoniy chiniqtirish, sport bilan shug'ullanishlari uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida tashkil etilgan mazkur ochiq birinchilikda yuz nafarga yaqin yosh polvonlar g'oliblik uchun bor mahoratlarini ishga solishdi.  

Uchtepa tuman jismoniy tarbiya va sport bo'limi hamda tuman 2-BO'SM hamkorligida o'tkazilgan musobaqaning dastlab ochilish marosimi tashkil etildi. Tantanali tarzda o'tgan marosimda so'z olganlar bugun mamlakatimizda sportga, xususan bolalar sportiga qaratilayotgan yuksak etibor tufayli yoshlarimiz xalqaro sport olamida bir qator yutuqlarga erishayotgani, jismoniy tarbiya va sport sohasida ham ommaviylik yanada oshayotgani takidlab o'tildi. 

SHundan so'ng musobaqaga start berildi. Kun davomida o'tgan murosasiz bellashuvlarning yakunida 13 ta vazn toifasida quyidagi sportchilar g'oliblikni tantana qilishdi.

O'g'il bolalar

-20 kg vazn toifasi

1. Marufjon O'rinov  

2. Ulug'bek Oripov

3. Jamshid Bahodirov

-25 kg 

1. Husan Boyqobilov

2. Azamat Rahmatov

3. Quvonch Erkaev

-30 kg

1. Doniyor Baxtiyorov      

2. Ibrohim Abduxofizov

3. Muhammadamin Ergashev

3. Muhammadqodir Abdumannapov

-36 kg

1. Hasan Ergashev

2. Umid Dalimov

3. Husan Ergashev

3. Bilolxon Baratov

-40 kg

1. Husan Iskandarov

2. Asror Azamatov

3. Ulug'bek Aktamjonov

3. Abdulboriy Hayotxonov

-46 kg

1. Hasan Iskandarov

2. Nodir Sayfiev

3. Ibrohim Normatov

3.Yusuf To'laganov

-50 kg

1. Husan Safarboev

2. Asadbek Saidakbarov

3. Davron Norpo'latov

3. Muhammad Abdulxafizov

-55 kg

1. Jonibek Boltaev

2. SHerzod Jo'ramurodov

3. Omad Xolmirzaev

3. Firdavs Xolmuradov

-60 kg

1. Alisher Salimov

2. Muhammad Hoshimov

3. Jamoliddin Rahmatboev

3. Abdullo Hoshimov

-73 kg

1. Jasur Rasulov

2. Alijon Ermetov

3. Ulug'bek Axatqulov

3. Javohir Najmiddinov

+73 kg

1. SHoaziz SHorahimov

2. SHukrullo Jo'raev

3. Islom Jamolov

3. Abdulloh Ahmadjonov

Qizlar 

-35 kg

1. Saida Qodirjonova

2. Muhayyo Muhammadjonova

Musobaqa so'ngida kuchli uchlikdan joy olgan polvonlar diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi. 

SHu o'rinda takidlash joiz, ushbu BO'SMda ayni paytda badiiy gimnastika, kamondan otish, boks, engil atletika, og'ir atletika, tennis, akademik eshkak eshish, baydarka va kanoeda eshkak eshish, futbol, taekvondo (VTF), badminton, belbog'li kurash va turon yakka kurashi sport turlari bo'yicha 658 nafar o'g'il-qizlar mashg'ulotlarga zo'r berishgan. 

O'n to'qqiz nafar tajribali murabbiylar qo'l ostida mashg'ulotlarda toblanib, mahoratlarini oshirib borayotgan BO'SM o'quvchilari yakuniga etgan 2019 yilda Osiyo va jahon chempionatlari, xalqaro turnirlarda, milliy chempionatlarda 100 taga yaqin medallarni jamg'arishga erishgan. 

BO'SM dastur-rejasiga muvofiq ayni kunlarda esa beshta muhim tashabbus ijrosini taminlash, bolajonlarni sportga oshno etish, ommaviylikni taminlash va iqtidorli sportchi-bolalarni saralash maqsadida sport maktabida ochiq birinchiliklar, turli sport bellashuvlari  avji pallasida.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi   

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing