04 iyu 12:13
Yangiliklar

UEFA ECHL yangi mavsumida “Barselona“ni ochkolardan mahrum qilishi mumkin
Bu haqda The Times nashri xabar berdi. Manba bergan xabarga ko'ra, Kataloniya klubi Evropa futbol reglamenti meyorlarini buzishda davom etmoqda. Yani, nomoddiy aktivlarni sotishdan tushgan daromadlarni noto'g'ri hisob-kitob qilgan holda kataloniyaliklar transfer imkoniyatlarini oshirishga harakat qilishmoqda.
2024 yilning kuzida “Barselona” bunday qoidabuzarliklar uchun 500 ming evro jarimaga tortilgandi. Klub bu qaror ustidan Sport arbitraj sudiga (CAS) shikoyat qilgandi, biroq apellyaciya rad etilgan.
Moliyaviy feyr-pley qoidalarini qayta-qayta buzgan taqdirda, «Barselona» 2025/2026 yilgi mavsumda CHempionlar ligasining umumiy bosqichida bir necha ochko bilan jarimaga tortilishi, shuningdek, yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkaza olmasligi mumkin.
Fikrlar