31 avg 21:02
Yangiliklar
Futbol
UEFA rahbari Saudiya klublarining CHempionlar ligasida ishtirok etishini rad etdi
UEFA prezidenti lavozimini egallab turgan Aleksandr CHeferin Saudiya Arabistoni klublarining CHempionlar ligasida ishtirok etishi mumkinligi haqidagi malumotlarga munosabat bildirdi.
“Ommaviy axborot vositalari bu haqda bizdan so'ramay ham yozishdi. CHempionlar ligasi, Evropa ligasi va Konferenciya ligasida faqat Evropa klublari ishtirok etishi mumkin”, dedi CHeferin.
SHuningdek, UEFA rahbari CHempionlar ligasi finalini AQSHda o'tkazish ehtimolini ham rad etdi.
“Faqat Evropa federaciyalari final bosqichini o'tkazish uchun ariza topshirishlari mumkin. Final Evropadan tashqarida bo'lib o'tishi uchun qoidalarni o'zgartirishimiz kerak, lekin buni istamaymiz”, — dedi funkcioner.
Havola :
Manba : L'Equipe
Fikrlar