03 noy 14:01
Yangiliklar
Ueyn Runi boshchiligidagi "Di Si Yunayted" ajabtovur sabab bilan jarimaga tortildi
"Everton" va "Manchester Yunayted" sobiq hujumchisi Runi iyul oyida AQSH jamoasi boshqaruviga keldi. Bu Runining MLS'ga qaytishi edi, u 2018 yildan 2019 yilgacha "Di Si Yunayted"da ikki mavsum o'ynagan.
Runi "Derbi Kaunti"ga qaytishdan oldin Amerika klubi uchun 52 ta o'yinda 25 ta gol urdi. Endi malum bo'lishicha, "Di Si Yunayted" MLS ishga olish qoidalarini buzgan.
Gap shundaki, Liga klublardan bosh murabbiylik lavozimiga nomzodlarni tanlashda nomzodlar ro'yxatida kamida bitta qora tanli murabbiy bo'lishini taminlashni talab qiladi.
Klub bu talabni bajara olmadi va "Yunayted" "turli millat vakillarini yollash siyosati"ga rioya qilmagani uchun liga tomonidan 25 000 dollar jarimaga tortildi.
Runi "Yunayted" bilan 34 ta muntazam mavsumda bor-yo'g'i 27 ochko to'plagan holda yakunda konferenciyaning oxirgi pog'onasini egalladi, ammo o'z lavozimini saqlab qoldi.
Fikrlar