20 jan 09:17
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC 2025 yilning "Eng yaxshi sabmishen"ini elon qildi
Dunyoning eng kuchli ligasi matbuot xizmati tomonidan 2025 yilgi mavsumning "Eng yaxshi sambisheni" aniqlandi.
Yarim o'rta vazn (77 kg gacha) toifasida amaldagi UFC chempioni Islam Maxachev ushbu nominaciyasida g'olib chiqdi. Rossiyalik 34 yoshli aralash yakkakurash ustasi UFC 311 turniri doirasidagi jangda braziliyalik Renato Moykanoni bo'g'ish (D'Arse) usuli bilan mag'lubiyatga uchratgan edi. Aynan shu usul 2025 yilning "Eng yaxshi sambisheni" deb topildi.
Ayni paytda Maxachev UFC’da 16 ta g'alabali seriya qayd etmoqda. Islam hisobida jami 28 g'alaba va bitta mag'lubiyat bor. U so'nggi jangini Nyu-Yorkda o'tgan UFC 322 turnirida avstraliyalik Jek Della Maddalenani hakamlarning yakdil qarori evaziga mag'lub etib, yarim o'rta vaznda UFC chempioniga aylangan edi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar