11 fev 17:07
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/28445_220.jpg)
UFC 221. Romero Rokxoldni nokautga uchratdi
Avstraliyaning Pert shahrida aralash qoidalar bo'yicha UFC 221 turniri bo'lib o'tdi.
Oqshomning markaziy jangida Yoel Romero Lyuk Rokxoldga qarshi oktagonga ko'tarildi. Jangning uchinchi raundida kubalik sportchi raqibiga kuchli zarba berdi. Buning natijasida Lyuk muvozanatni yo'qotib qo'ydi.
Romero muvaffaqiyatini rivojlantirish maqsadida ketma-ket zarbalar seriyasini yo'lladi. Referi esa bu vaziyatda jangni to'xtatishdan o'zga chora topa olmadi.
Aslida ushbu jang g'olibi o'rta vaznda vaqtinchalik UFC chempioni bo'lishi kerak edi. Lekin Yoel Romero belgilangan vazn meyorini bajara olmagani uchun unga chempionlik kamari taqdim etilmadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar