15 noy 15:03
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC 229 “qahramonlari” Tuxugov va Nurmagomedov chetlatildi
AQSHning Nevada shtati Atletik komissiyasi kecha bo'lib o'tgan yig'ilishda UFC 229 turniri qatnashchilariga nisbatan vaqtinchalik hukm o'qidi.
Unga ko'ra, Konor Makgregorning murabbiyi Dillon Denis, rossiyalik MMA jangchisi Zubayra Tuxugov hamda Xabibning amakivachchasi Abubakar Nurmagomedov nomuayyan muddatga diskvalifikaciya qilindi.
Nomlari sanab o'tilganlar UFC 229 turniri doirasidagi Xabib Nurmagomedov va Konor Makgregor o'rtasidagi jangdan so'ng zalda mojara keltirib chiqarishgan. Ushbu ish yuzasidan dekabr yoki yanvar oyida o'tkaziladigan yakuniy yig'ilishgacha bu chetlatish o'z kuchida qoladi.
Havola :
Fikrlar