08 dek 18:41
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC 231. Xollouey va Ortega tarozidan o'tdi, SHevchenko raqibasidan engilroq FOTO
Ertaga Torontoda o'tkaziladigan UFC 231 turniri oldidan vazn o'lchash marosimi bo'lib o'tdi.
Markaziy jang ishtirokchilari Maks Xollouey va Brayan Ortega deyarli bir hil vazn ko'rsatishdi. Xolloueyning vazni 65,5 kg bo'lsa, uning raqibi 65, 6 kg tosh bosdi. Vazn o'lchashdan so'ng ko'z urishtirish marosimi o'tkazildi.
Jang oqshomida shuningdek, qirg'izistonlik Valentina SHevchenko Yoanna Endjeychikka qarshi oktagonga chiqadi. Ushbu qarama-qarshilikda ham vaznlar orasidagi farq 100 grammni tashkil etdi. SHevchenko 55,7 kg vazn ko'rsatgan bo'lsa, uning raqibasi 55,8 kg tosh bosdi. SHundan so'ng sportchilar o'zaro ko'z urishtirishdi.
Eslatib o'tamiz, UFC 231 turniri ertaga tongda Toronto shahrida o'tkaziladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar