30 dek 16:42
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC 232. 50 ming dollarlik bonuslar kimlarga nasib qildi?
Inglvudda UFC 232 turniri bo'lib o'tdi.
Jang oqshomi yakunlariga ko'ra, Aleks Volkanovski va CHed Mendeslar o'rtasidagi bahs kunning eng yaxshi to'qnashuvi deb topildi (Volkanovski ikkinchi raundda nokaut evaziga g'alaba qozondi). Har ikki sportchi ham qo'shimcha 50 ming dollardan mukofot puli oldi.
SHuningdek, Amanda Nunes va Rayan Xoll ham shuncha miqdordagi qo'shimcha pulga ega bo'lishdi.
Eslatib o'tamiz, turnirning markaziy jangida Jon Jons Gustafssonni mag'lubiyatga uchratib, yarim og'ir vaznda chempionlik kamariga ega chiqdi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar