05 mar 13:30
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC 235: Jons, Zabit, Vudli va Smit yarim yilga chetlatildi
Nevada shtati Sport komissiyasi UFC 235 turniri ishtirokchilarini olti oylik muddat davomida jang o'tkazilmasliklari haqida qaror chiqardi.
Komissiya tibbiy tekshiruvidan o'tgan sportchilarga yarim yil oktagonga chiqmaslik majburiyati qo'yildi. Yarim og'ir vazn toifasida UFC chempioni Jon Jons yana bir bor shifokor ko'rigidan o'tadi. Agar hammasi joyida bo'lsa, u aprel oyining o'rtalarida jang o'tkazishi mumkin.
Jami sakkiz nafar aralash qoidalari sportchisi turli darajadagi jarohatlari sabab olti oylik chetlatish oldi: Entoni Smit, Tayron Vudli, Zabit Magomedsharipov, Pedro Munos, Jonni Uolker, Tisha Torres, Mesi CHisson, Xanna Cifers.
Havola :
Manba : UFC
Fikrlar