07 iyu 15:02
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/75405_220.jpg)
UFC 239. Jonsda eng ko'p mukofot, nokautga uchragan Xolm ham yaxshigina pul ishladi (gonarar)
Bugun bo'lib o'tgan UFC 239 kechasi ishtirokchilarining qancha miqdorda pul mukofotiga ega bo'lganlari malum qilindi.
Unga ko'ra, yarim og'ir vazn UFC kamari sohibi Jon Jons barchadan ko'proq pul ishlashga erishdi. Jons Santosga qarshi jangi uchun yarim million AQSH dollarga ega bo'lgan. Santos esa 350 ming AQSH dollari bilan kifoyalangan. Ayollar o'rtasida UFC chempioni Amande Nunes ham Jons singari yarim million dollarga boyigan, Xolli Xolmga ishtiroki uchun 300 ming dollar pul mukofoti tekkan. SHuningdek, Ben Askren 210 ming, Xorxe Masvidal 200 ming, Lyuk Rokxold 200 ming AQSH dollar pulga ega bo'lishdi.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar