07 iyu 10:45
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC 239 turnirining markaziy jangida Jon Jons oktagonga chiqdi
AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida aralash qoidalar bo'yicha UFC 239 oqshomi yakunlandi.
Kechaning markaziy jangi yarim og'ir vazn toifasida o'tkazildi. Unda divizoni chempioni Jon Jons braziliyalik davogar sportchi Tiago Santosga qarshi oktagonga ko'tarildi. Jang to'liq besh raund davom etdi.
Har ikki jangchi ham muddatidan oldin g'alaba qozonish uchun imkoniyatga ega bo'lishdi. Lekin hujumlarini muvaffaqiyatli yakunlay olmadilar. Jang yakunida hakamlar 48-47, 47-48, 48-47 hisobidagi g'alabani amaldagi chempionga taqdim etishdi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar