29 iyu 14:09
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC 240. Markaziy jang ishtirokchilari qancha ishlab olishdi?
Kecha Edmonton shahrida UFC 240 turniri yakunlandi.
Kechaniing markaziy jangida o'rta engil vazn toifasi chempioni Maks Xollouey Frenki Edgarga qarshi jang qildi. Bahsda Xollouey raqibi ustidan ochkolar hisobida g'alaba qozonib, kamarini himoya qilishga erishgandi. Bugun har ikki sportchining jang uchun qancha gonorarga ega bo'lgani malum qilindi. UFC kamarini himoya qilgan Maks Xollouey jangdagi g'alabasi uchun 390 ming dollarga ega bo'ldi, uning raqibi Edgar esa o'z hamyonini 290 ming dollarga ko'paytirib olishga erishgan. Bu summalar faqatgina kafolatlangan gonorarlar bo'lib, yana qo'shimcha bonuslar ham taqdim etilishi mumkin.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar