19 jan 15:06
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC 246. Xolli Xolmda qiyin g'alaba
Xabar berganimizdek, bugun tongda AQSHning Las-Vegas shahrida UFC 246 turniri bo'lib o'tdi.
Oqshomning qiziqarli janglaridan birida sobiq UFC chempioni Xolli Xolm oktagonga ko'tarildi. Uch raundga mo'ljallangan jangda Xolmga Rakel Pennington raqiblik qildi.
Dastlabki ikki raundni tomonlar klinch holatida o'tkazishdi. Unda biroz ustunlik Xolli tomonida bo'ldi. Uchinchi raundda esa ustunlik Pennington tomoniga o'tdi. Yakunda hakamlar 29-28, 30-27, 30-27 hisobidagi g'alabani Xolli Xolmga taqdim etishdi.
Havola :
Fikrlar