08 fev 08:56
Yangiliklar

UFC 247. Ikki jahon chempioni va boshqalar taroziga chiqishdi
Bugun UFC 247 oqshomi ishtirokchilari ananaga ko'ra tarozidan o'tish marosimida ishtirok etishdi. Kechaning markaziy jangi yarim og'ir vazn toifasida o'tkaziladi va unda amaldagi chempion Jon Jons davogar Dominik Reyesga qarshi oktagonga ko'tariladi. Tarozi marosimida Jons - 92,53 kg, Reyes esa 92,98 kg tosh bosdi.
Yana bir chempionlik jangi ayollar o'rtasida engil vazn toifasida o'tkaziladi. Unda qirg'izistonlik UFC chempion Valentina SHevchenko davogar Ketlin CHukagyan bilan hisob-kitob qiladi. Ikkala sportchi ham bir xil - 56,47 kg vaznga ega ekanligi malum bo'ldi.
Tarozi natijalari:
Jon Jons (92,53 kg) vs Dominik Reyes (92,98 kg)
Valentina SHevchenko (56,47 kg) vs Ketlin CHukagyan (56,47 kg)
Xuan Adams (120,65 kg) vs Jastin Tafa (120,42 kg)
Mirsad Bektich (65,77 kg) vs Den Ige (65,99 kg)
Derrik Lyuis (118,61 kg) vs Ilir Latifi (111,81 kg)
Trevin Jayls (84,14 kg) vs Antonio Arroyo (84,36 kg)
Aleks Morono (77,56 kg) vs Kelinn Uillyams (76,65 kg)
Loren Myorfi (56,69 kg) vs Andrea Li (56,92 kg)
Mayls Jons (61,235 kg) vs Mario Bautista (61,235 kg)
Fikrlar